Flik Kasado haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Mark Kasadoning harakatlaridan mamnun, garchi futbolchi maydonda u qadar ko'p vaqt o'tkazmayotgan bo'lsa-da.
«Kasado «oltilik» (tayanch yarim himoyachi), «sakkizlik» pozitsiyalarida o'ynay oladi, shuningdek, u allaqachon mudofaa qanotida ham harakat qilib ko'rgan. U aqlli o'yinchi va bizda shunday futbolchi borligidan xursandman», — dedi Flik juma kungi matbuot anjumanida jurnalistlarga.
2025/2026 yilgi mavsumda Mark Kasado «Barselona»ning 25 ta rasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Ushbu bahslarda futbolchi bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185