Flik: "Gavi "Atletik"ga qarshi o'yinda tarkibda bo'lmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 668

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Gavining ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
Futbolchi oxirgi marta avgust oyida o'ynagan. U tizzasidagi muammo tufayli zarur bo'lgan jarrohlik amaliyotidan so'ng uzoq vaqt tiklanish jarayonida bo'ldi.
"Gavi "Atletik"ga qarshi o'yinda tarkibda bo'lmaydi. U tiklanishda yana bir qadam oldinga siljidi.
U qachon qaytib kelishini ko'ramiz. Bu xalqaro tanaffusdan keyin yoki ehtimol undan oldinroq bo'lishi mumkin", dedi Flik matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230