«Real Madrid» va «Barselona» La Liganing yangi loyihasini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50

La Liga o'z tarixida ilk bor Ispaniya futboli tarixiga bag'ishlangan «retro-o'yin kuni» (retro-matchday) aktsiyasi o'tkazilishini e'lon qildi.
Rasmiy xabarda aytilishicha, 10-13 aprel kunlari La Liga (31-tur) va Segundaning (35-tur) jami 38 ta klubi o'z o'tmishidagi dizaynlardan ilhomlanib yaratilgan retro-liboslarda maydonga tushadi. Hakamlar uchun ham maxsus formalar tayyorlanadi, teletranslyatsiyalar esa retro-uslubdagi grafikalar bilan uzatiladi.
Ishtirokchilarning liboslari 19 mart kuni keng ommaga taqdim etiladi.
Mundo Deportivo nashrining COPE’ga tayanib xabar berishicha, «Barselona» va «Real Madrid» ushbu aktsiyada ishtirok etmaydi.
Kataloniyaliklar joriy mavsum uchun retro-futbolkalarni o'z vaqtida ishlab chiqarish va sertifikatdan o'tkazishga to'sqinlik qilgan texnik muammolar tufayli rad javobini berishgan, biroq keyingi mavsumda qatnashishni rejalashtirmoqdalar. «Real Madrid» esa o'z navbatida loyihaga qo'shilmagani sababli unda ishtirok etmaydi. Shuningdek, «Rayo Valekano» va «Xetafe» klublari ham aktsiyadan voz kechishgan.

Bosh sahifaga
176