Tyuramni «Arsenal», «MYu» va «Liverpul» o'z tarkibida ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437

«Yuventus» yarim himoyachisi Kefren Tyuram APLning top-klublari nazariga tushdi. 24 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga bir yo'la uchta ingliz grandi qiziqish bildirmoqda. Bular — «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Liverpul».
CaughtOffside nashrining ta'kidlashicha, Tyuramning transfer summasi 45 million evroni tashkil qilishi mumkin.
«Yuventus» agar turinliklarning moliyaviy so'rovlari bajarilsa, Kefren bilan xayrlashishga tayyor. Tyuramning o'zi ham Angliyaga ko'chib o'tish variantiga ijobiy qaramoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191