Karim Adeyemi APL grandlari nazarida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Karim Adeyemi shu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbolchi faoliyatini Angliyada davom ettirishi ehtimoli bor. Ayni damda unga APLning ikki klubi da'vogarlik qilmoqda. Adeyemi xizmatlariga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Karim Adeyemi Dortmundning «Borussiya» jamoasi safida 33 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda vinger 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178