Figu Mbappeni ogohlantirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3010

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Luish Figu Kilian Mbappening jarohati bilan bog'liq vaziyatga to'xtalib o'tdi va uni maydonga qaytishga shoshilmaslikka chaqirdi.
«Mbappening jarohati — ko'p jihatdan futbolchining shaxsiy darajada nimani his qilayotganiga bog'liq masala. U tavakkalga qo'l ura oladimi yoki yo'q, va bu tavakkal yanada jiddiyroq oqibatlarga olib kelmaydimi... Mening faoliyatimda ham maydonga qaytishni tezlashtirgan vaqtlarim bo'lgan va bu doim ham yaxshilik bilan tugamagan. Lekin men buni maydonda bo'lishni istaganim uchun qilganman... Keyinchalik bunday qurbonliklar o'z so'zini aytadi (sog'liqqa ta'sir qiladi)», — deya Figuning so'zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Avvalroq OAVda Frantsiya terma jamoasi va «Real» hujumchisining tiklanish jarayoni haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Manbalarga ko'ra, futbolchining yaqinlari Madrid klubida ko'rib chiqilayotgan ehtimoliy qaytish muddatlarini qo'llab-quvvatlamagan.
Qayd etilishicha, o'yinchining vakillari reabilitatsiya jarayonini tezlashtirishga qarshi chiqishmoqda. Jahon chempionati boshlanishiga taxminan 100 kun qolgan bir vaqtda, futbolchi sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emas va faqat to'liq tiklanganidan keyingina bahslarga qaytishni rejalashtirmoqda.

Bosh sahifaga
195