Aleksis Makallister La Ligaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8418

Argentina terma jamoasi va «Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister Ispaniya La Ligasining top-klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Madridning «Real» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Planeta Real Madrid nashrining ma'lumotlariga ko'ra, mersisaydliklar hozircha o'zlarining etakchi yarim himoyachisi bilan xayrlashishni rejalashtirishmayapti. Agar «qirollik klubi» muzokaralarni boshlashga harakat qilsa, «qizillar» futbolchi transferi uchun juda katta mablag' talab qilishlari kutilmoqda.
Makallister va «Liverpul» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Ayni damda argentinalik futbolchining bozor qiymati 85 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
192