"Arsenal" va "MYu" bir futbolchiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 623

Londonning «Fulxem» klubi himoyachisi Samuel Amissa faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
The Telegraph jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, istiqbolli futbolchining transferiga «Chelsi», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining «dala hovli egalari» bilan amaldagi mehnat shartnomasi shu yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
«Fulxem» Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 40 ochko to'plagan holda, turnir jadvalining to'qqizinchi pog'onasini egallab turibdi.
Chempionatda «Arsenal» peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlardan «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Aston Villa», «Liverpul» va «Chelsi» jamoalari joy olgan.

Bosh sahifaga
181