«Liverpul»ning yangi xaridi operatsiya sabab 6 oyni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465

«Liverpul»ning bo'lajak yangi a'zosi, ayni damda «Renn» sharafini himoya qilayotgan Jeremi Jake og'ir jarohat oldi.
Yaqinda 20 yoshli markaziy himoyachining elkasida jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi zarurligi ma'lum bo'ldi. L'Equipe nashrining xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchining tiklanishi olti oygacha vaqt olishi mumkin. Shu tariqa, o'yinchi «Liverpul»dagi debyut mavsumining boshlanishini o'tkazib yuborish xavfi ostida qolmoqda.
Angliya grandi Jeremi Jake transferini shu yilning yanvar oyida rasmiylashtirgan edi. Uning «Enfild»ga o'tishi joriy mavsum yakunlanganidan keyin amalga oshishi belgilangan. Kelishuv qiymati 60 million evrodan ko'proqqa baholanmoqda.
Joriy mavsumda Jake «Renn» safida 21 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Bosh sahifaga
240