Maguayrni APLdan chetlatishni so'rashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

Avval xabar berganimizdek, angliyalik himoyachi Xarri Maguayr 2020 yilda Gretsiyada oilaviy hordiq chiqarish vaqtida sodir etgan janjali uchun engil jazo bilan qutulib qoldi. Sud uni ramziy ravishda 15 oylik shartli qamoq jazosiga mahkum etdi.
Biroq, bu qaror jabrlanuvchi tomonni mutlaqo qoniqtirmadi. Ularning advokati Ioannis Paradissisning ta'kidlashicha, Maguayr sudda o'z aybini tan olmagan va pushaymon bo'lmagan. Bundan tashqari, u jabrlangan politsiyachilardan uzr so'rashga hamda ijtimoiy munosabatlar darajasida intsidentni yumshatishga urinib ham ko'rmagan.
Advokat APL rahbariyatini vaziyatga aralashishga va hukumat vakillariga qo'l ko'targan hamda davlat hokimiyati organlari obro'siga putur etkazgan futbolchiga Premer-ligada to'p surishni taqiqlashga chaqirdi.

Bosh sahifaga
238