«Real» EChLda boshqacha o'ynaydi»: Figu sobiq jamoasi va «Siti» imkoniyatlarini yuqori baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Luish Figu «Real Madrid» va «Manchester Siti» jamoalarini Chempionlar ligasining favoritlari deb atadi. «Madrid» 1/8 final doirasida «shaharliklar» bilan 11 va 18 mart kunlari to'qnash keladi.
«Men uchun ham «Real», ham «Manchester Siti» — Chempionlar ligasi favoritlari. Bu mutlaqo boshqacha turnir. O'z chempionatida eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmayotgan jamoaning Evropada «uyg'onib» ketganiga va vaziyatni o'nglaganiga ko'p bora guvoh bo'lganmiz. Ayniqsa, bu «Real Madrid»ga tegishli.
Ularning ushbu turnirda boy tarixi bor va bu erda ular butunlay boshqacha darajada to'p surishadi», — dedi «Real»ning sobiq yulduzi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240