May oyiga qadar dzyudo bo'yicha barcha litsenzion musobaqalar bekor qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 335

Ayni paytda butun dunyoga xavf solib borayotgan koronavirusi sabab ko'plab xalqaro turnirlar bekor qilinmoqda. Jumladan, may oyiga qadar dzyudo bo'yicha o'tkazilishi rejalashtirilgan Gran-pri, Katta dubulg'a turnirlari ham o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Bu haqida Xalqaro dzyudo federatsiyasi ma'lum qilmoqda. Jumladan, bir necha kundan so'ng start olishi kerak bo'lgan Ekaterinburg Katta dubulg'a turniri ham bekor qilindi. Manbada ma'lum qilinishicha, bunday qarorga kelinishiga sabab, avvalo, sportchilarning sog'lig'ini saqlashdir.
Eslatib o'tamiz, aprel oyida Gruziyaning Tbilisi hamda Turkiyaning Antalya shaharlarida Gran-pri turnirlari bo'lib o'tishi kerak edi.
Manba: olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228