«Real» skautlari Tonalini kuzatishmoqda, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 376

«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali Madridning «Real» klubi e'tiboriga tushdi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «qirollik klubi» skautlari italiyalik futbolchining o'yini bilan yaqindan tanishish uchun «hakkalar»ning so'nggi uchrashuvlarida ishtirok etishgan. Shunga qaramay, manbaning ta'kidlashicha, 25 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogarlar sifatida mahalliy grandlar — «Arsenal» va «Manchester Yunayted» qolmoqda. Potentsial xaridorlar uchun asosiy muammo futbolchining yuqori narxi bo'lishi mumkin — uning transferi 100 million evrodan ko'proqqa baholanmoqda.
Transfermarkt portali Sandro Tonalining bozor qiymatini 75 million evroga baholagan. Yarim himoyachining «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
204