Levandovski Markus Reshfordning muvaffaqiyat sirini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoadoshi Markus Reshford haqida gapirdi.
Angliyalik vinger o'tgan yilning yozida «Manchester Yunayted»dan ijara asosida «ko'k-anorranglilar» safiga kelib qo'shilgan edi.
«Reshfordning mahoratidan hayratdamanmi? Yo'q, uning ulkan salohiyati bir nechta mashg'ulotlardan keyinoq ko'rinib qolgandi. Markusda hamma narsa bor: tezlik, texnika, zarba, u ikkala oyog'ida ham ajoyib o'ynaydi. Qachonki bu yigit o'ziga ishonishayotganini his qilsa, u bunga yuz foizlik natija bilan javob qaytaradi.
Reshford — yaxshi, mehribon inson, lekin unga qo'llab-quvvatlash kerak. U o'ziga bo'lgan ishonchni his qilgandagina eng yaxshi o'yinini ko'rsatadi», — dedi Levandovski Sky Sport telekanaliga bergan intervyusida.
Markus Reshford «Barselona» tarkibida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Bosh sahifaga
212