"Arsenal" o'z yulduzlari bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 422

Londonning "Arsenal" klubida yozgi transfer oynasida qimmatbaho futbolchilardan kimnidir sotishga tayyorgarlik ko'rilmoqda.
Jurnalist Sem Dinning xabar berishicha, ayni damda klub ichida turli variantlar muhokama qilinmoqda — asosiy tarkibning bir yo'la bir nechta futbolchisi jamoani tark etishi istisno etilmayapti. Manbaning ta'kidlashicha, hozirda sotuvga qo'yiladigan asosiy nomzodlar sifatida vinger Gabriel Martinelli va qanot himoyachisi Ben Uayt ko'rilmoqda.
Transfermarkt ekspertlari 24 yoshli Martinellining narxini 45 million evroga, 28 yoshli Uaytning bahosini esa 30 million evroga baholashmoqda. Braziliyalik va ingliz futbolchilarining amaldagi shartnomalari mos ravishda 2027 va 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
155