«Napoli» himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341

Himoyachi Elsid Xisay "Napoli" bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar beradi Il Mattino nashri.
Albaniyalik futbolchi jamoaning asosiy tarkibida o'z o'rnini yo'qotgan edi, ammo Jennaro Gattuzoning kelishi bilan u yana tarkibga qaytdi. Murabbiy uni jamoa uchun muhim o'yinchi deb hisoblamoqda va endi 26 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash taklifini ko'rib chiqishga tayyor.
Xisayining "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning iyunigacha amal qiladi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda himoyachi "Napoli" safida 15 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Manba: Il MattinoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243