Mendi noyabr oyidan beri ilk bor "Real" asosiy tarkibida maydonga tushadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453

Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi uzoq tanaffusdan so'ng ilk bor maydonga tushishga tayyorlanmoqda.
Diario AS nashrining xabar berishicha, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa frantsuz futbolchisini La Liganing bugungi "Selta"ga qarshi o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda. 30 yoshli futbolchi uchun bu yanvar oyi boshidan beri maydondagi ilk ko'rinish bo'ladi. Asosiy tarkibda esa lateral o'tgan yilning noyabr oyi oxiridan beri maydonga tushmagan edi.
Ferlan Mendi joriy mavsumda atigi uchta uchrashuvda ishtirok etdi. Avvalgidek, futbolchi doimiy ravishda jarohatlardan aziyat chekmoqda.
"Real" uchun safarda kechadigan "Selta" bilan uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
156