"Real Madrid" transferlar uchun 100 million evro tayyorlab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341

Madridning "Real" klubi bo'lajak transfer oynasida tarkibini jiddiy ravishda kuchaytirib olishi mumkin.
"Qirollik klubi" rahbariyati muammoli pozitsiyalarni mustahkamlash uchun katta miqdorda mablag' ajratishga tayyor. Jurnalist Alberto Pereyroning xabar berishicha, asosiy maqsad sifatida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri va Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek belgilangan. "Real" transfer byudjetining dastlabki 100 million evrosini aynan ushbu futbolchilar uchun sarflamoqchi. Keyingi xaridlar esa futbolchilarning sotuvidan tushadigan mablag'ga bog'liq bo'ladi.
Transfermarkt portali 29 yoshli Rodrining narxini 75 million evroga, 26 yoshli Shlotterbekni esa 55 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
155