Levandovski "Barselona"dagi ichki muhit va kelajakdagi rejalar haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski klub ichidagi muhit haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Polyak futbolchisi 2022 yilning yozidan buyon "ko'k-anorranglilar" sharafini himoya qilib kelmoqda.
"Bu yillar davomida klubni qayta tiklash va rivojlantirish bo'yicha parda ortida qanday ulkan ishlar olib borilayotganini tushunib etdim. Ijobiy muhit, ambitsiyalar, kelajakdagi rejalar, yangi "Kamp Nou" loyihasi – bularning barchasi shu erda bo'lgan har bir insonni motivatsiya qiladi. Eng muhimi – barqarorlikni saqlash, jarayonga ishonish va "Barselona" o'zligini hurmat qilishdir", – deya Levandovskining so'zlarini keltiradi Managing Barca.
37 yoshli hujumchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi.

Bosh sahifaga
296