«Selta» Madonnadan 35 yil oldingi tarixiy libosni qaytarishni so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50

1990 yilning iyul oyida mashhur amerikalik xonanda Madonna Vigo shahridagi «Balaidos» stadionida kontsert bergan edi.
O'shanda klub futbolchilaridan birining xayoliga xonandaga jamoa libosini kiyishni taklif qilish fikri keladi. Madonna bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, 1988 yildan 1991 yilgacha klub sharafini himoya qilgan himoyachi Xose Manuel Espinosaga tegishli bo'lgan 5-raqamli libosni bir muddat kiyib yuradi.
«Selta» rahbariyati allaqachon tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan ushbu libosni qaytarib, uni klub muzeyiga joylashtirish haqida o'ylay boshlagan edi, biroq uni topishga qaratilgan barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Shu bois, bevosita Madonnaning o'ziga murojaat qilishga qaror qilindi — «Selta» matbuot xizmati qo'shiqchiga qidiruv ishlarida ko'mak so'rab xat yozdi.
Open letter from @mmourino, president of Celta, to @Madonna
⋄⋄⋄
Dear Madonna,
I am writing to you to ask for your help with something that means a great deal to us.
On the 29th July 1990, you performed live at our stadium, Balaídos, the home of Celta Vigo, the club I am… pic.twitter.com/6EtaeYUj9H

Bosh sahifaga
289