«Milan» koronavirusga qarshi kurash uchun 250 ming evro xayriya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

«Milan» futbol klublari koronavirusga qarshi kurash uchun 250 ming evro miqdorida mablag' ajratdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
«Hayotda futboldan ham muhimroq narsalar bor. Klub nomidan koronavirusga qarshi xayriya qilganimiz bilan faxrlanamiz. Yaqin insonlarimizning sog'lig'i va xavfsizligi biz uchun muhim masala hisoblanadi. Muxlislarimiz uchun hozir qiyin palla ekanini tushunamiz. "Milan" — bu shunchaki futbol klubi emas. Bu bir-biriga g'amxo'rlik qiladigan insonlar jamiyati», — dedi «Milan» bosh direktori Ivan Gazidis.
Eslatib o'tamiz, 3 aprelga qadar Italiyada barcha sport musobaqalari to'xtatildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254