Marokash terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44

2022 yildan buyon mamlakat yoshlar terma jamoalari bilan ishlab kelayotgan Muhammad Uabi Marokash milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda marokashliklarni 4 yil davomida boshqargan Valid Regragining o'rnini egalladi.
Uabining murabbiylar shtabidan avvalroq «PSJ», «Roma», «Tottenxem» va «Lill» klublarida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan portugaliyalik mutaxassis Joao Sakramento ham joy oladi.
«Marokash Qirollik futbol federatsiyasining ishonchiga sazovor bo'lish men uchun katta sharaf. Biz aniq metodologiya va umumiy ambitsiyalarga tayangan holda astoydil mehnat qilamiz: o'yindan o'yinga o'sib borish, milliy terma jamoaning bo'lajak musobaqalarda sifat jihatidan ijobiy sakrashni amalga oshirishi hamda davlat rahbari va Marokash xalqining umidlarini oqlash uchun kundalik ishimizda yuqori standartlarni joriy etamiz», — deb ta'kidladi Uabi.
Marokash terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichidagi «C» guruhida Braziliya, Shotlandiya va Gaiti jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Bosh sahifaga
274