Rasman: Valid Regragi Marokash terma jamoasidan iste'foga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Marokash Qirollik futbol federatsiyasi Valid Regragi milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini e'lon qildi.
Tashkilot o'zining rasmiy YouTube-kanalidagi jonli efir davomida mutaxassisning ketganini va uning o'rniga Mohamed Uabi tayinlanganini ma'lum qildi.
«Jamoaga yangi murabbiy bilan birga yangi qiyofa, o'zgacha energiya va yangicha qarash kerak. O'ylaymanki, JCh-2026 oldidan jamoa rivojlanishda davom etishi uchun unga yangi hayot va yangi tasavvur zarur. Mening ketish haqidagi qarorim ushbu jamoa evolyutsiyasining bir qismidir», — dedi Regragi.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyida Marokash terma jamoasi Afrika Kubogi finalida Senegalga imkoniyatni boy bergan edi (0:1, qo'shimcha vaqtlarda).
50 yoshli marokashlik mutaxassis 2022 yilning avgustidan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida marokashliklar 49 ta o'yin o'tkazib, 36 ta g'alaba, 8 ta durang va 5 ta mag'lubiyat qayd etishdi.

Bosh sahifaga
177