Frantsiya Kubogi. «Lans» penaltilar seriyasida «Lion»ni musobaqadan chiqarib yubordi (Videosharx)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

«Lion» jamoasi Frantsiya Kubogi chorak finali doirasida kechgan bahsda «Lans»ga imkoniyatni boy berdi — 2:2 (penaltilar seriyasi bo'yicha — 4:5). O'yin Liondagi «Park OL» stadionida bo'lib o'tdi.
Birinchi bo'lim o'rtalarida mehmonlar hujumchisi Florian Otven hisobni ochdi. Tanaffus oldidan Abdalla Sima «Lans»ning ustunligini ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo'lim boshida mezbonlar bitta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'lishdi — hujumchi Roman Yaremchuk o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Asosiy vaqtning to'rtinchi qo'shib berilgan daqiqasida 18 yoshli Remi Imber «qonli-oltinranglilar» darvozaboni Remi Deskamning xatosidan unumli foydalanib, «to'quvchilar»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Biroq penaltilar seriyasida «Lans» futbolchilari aniqroq harakat qilishdi — 5:4.
Yarim finalda «Lans» jamoasi «Tuluza»ga qarshi maydonga tushadi.
Frantsiya Kubogi. 1/4 final
06.03.2026 | 01:10
«Grupama Stedium» (Lyumer), Lion
«LION» — «LANS» — 2:2 (penaltilar seriyasi — 4:5)
Gollar: Florian Toven 23’ (0:1), Abdalla Sima 45+1’ (0:2), Roman Yaremchuk 67’ (1:2), Ximbert 90+4’ (2:2).
Penaltilar seriyasi: Karabets (1:0), Fofana (1:1), Tolisso (2:1), Abdulhamid (2:2), Morton (3:2), Yudol (3:3), Niakate (3:3, darvozabon), Sangare (3:4), Endrik (4:4), Toven (4:5).
«Lion»: Desham, Niakate, Mata, Talyafiko (Ximbert, 59), Meytland-Nayls (Xatebur, 69), Morton, Tolisso, Abner, Narti (Karabets, 87), Endrik, Yaremchuk.
«Lans»: Risser, Ganyu, Sarr, Chelik, Sangare, Tomasson, Yudol, Abdulhamid, Toven, Sima (Fofana, 90+6), Eduar (Aydara, 78).
Ogohlantirishlar: Talyafiko (45), Eduar (45), Yudol (54), Chelik (78).
Chetlatish: Masuaku (64, zaxiradagi futbolchi).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
180