«MYu» Brunu Fernandeshni APLning eng katta maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylantirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 763

«Manchester Yunayted» jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Brunu Fernandeshga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin. The Mirror nashrining xabariga ko'ra, yangi kelishuvga binoan futbolchining haftalik maoshi 400 ming funt sterlinggacha etishi mumkin.
Manbaning ta'kidlashicha, Fernandeshning «Old Trafford»da qolish yoki qolmaslik borasidagi qarori klubning mavsum yakuniga ko'ra Chempionlar ligasiga yo'llanma olishiga bog'liq bo'ladi. Portugaliyalik futbolchi uchun hozirda pul emas, balki faoliyatidagi sport ambitsiyalari va yuqori saviyadagi musobaqalarda ishtirok etish asosiy stimul hisoblanadi.
Joriy mavsumda «Manchester Yunayted» evrokuboklarda ishtirok etmayapti. Brunu Fernandesh esa barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol va 15 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga ulgurdi.

Bosh sahifaga
180