«Manchester Yunayted»ni boshqarishga 3 ta da'vogar nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51

«Manchester Yunayted» murabbiylar bozorini faol o'rganmoqda. The Touchline nashri jurnalist Ben Jeykobsga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» ayni damda asosan uchta nomzodni ko'rib chiqishmoqda.
Ushbu qisqa ro'yxatdan (short-list) quyidagi mutaxassislar o'rin olgan:
Yulian Nagelsmann (Germaniya terma jamoasi)
Roberto Martines (Portugaliya terma jamoasi)
Roberto de Dzerbi (hozirda jamoasiz)
Shuningdek, manbaning ta'kidlashicha, Karlo Anchelotti (Braziliya terma jamoasi) va Tomas Tuxel (Angliya terma jamoasi) nomzodlari hozirda mankunianliklar tomonidan ko'rib chiqilayotgani yo'q.
2025/2026 yilgi mavsumni «Manchester Yunayted» vaqtinchalik murabbiy Maykl Karrik bilan yakunlaydi. Eslatib o'tamiz, kuni kecha jamoa safarda «Nyukasl»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bosh sahifaga
177