Levandovski zamonaviy hujumchilarning muammosini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

«Barselona» va Polsha terma jamoasi markaziy hujumchisi Robert Levandovski zamonaviy hujumchilarning o'yin uslubi haqida fikr bildirdi.
Futbolchining hisoblashicha, hozirgi zamon hujumchilari juda primitiv (oddiy) o'yin namoyish etishmoqda. Bunga sabab — futbol akademiyalarida ularni kreativ fikrlashga emas, balki shablonlar (qoliplar) asosida harakat qilishga o'rgatishayotganida.
«Boshqacha bo'lish kerak. Boshqacha fikrlash kerak. Butun jamoa qilayotgan ishni takrorlash mumkin emas. Hujumchi qaerga borishi kerakligini, to'p qaerga uchishini oldindan bilishi shart, chunki maydonda buni faqat siz bilasiz», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 32 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
187