Kasper Shmeyxel APLdagi yubiley o'yinini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306

"Lester" darvozaboni Kasper Shmeyxel uchun "Aston Villa"ga qarshi o'yin Angliya premer-ligasidagi 200-bahs bo'ldi.
Posbon ushbu natijaga erishgan to'rtinchi daniyalik futbolchiga aylandi. Ungacha Kristian Eriksen (226), Peter Shmeyxel (310) va Tomas Sorensen (364) APLda 200dan ortiq uchrashuvda maydonga tushishgan.
33 yoshli Shmeyxel ushbu mavsumda "Lester" safida barcha musobaqalar doirasida 33ta o'yinda maydonga tushib, 34ta to'p o'tkazib yubordi. Uning "tulkilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258