«Tottenxem»ning uchinchi hujumchisi ham safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 544

"Tottenxem" hujumchisi Stiven Bergveyn jarohat sababli safdan chiqdi, deya xabar tarqatdi klub rasmiy sayti. Gollandiyalik futbolchi Angliya premer-ligasining 29-turi doirasida bo'lib o'tgan "Byornli"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi hozircha ma'lum qilinmadi.
22 yoshli Bergveyn qishki transfer paytida 30 million evro evaziga "PSV"dan "Tottenxem"ga o'tgan edi. Ushbu mavsumda u "shporlar" safida 6ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.
Eslatib o'tamiz, hozirgi paytda londonliklarning ikki hujumchisi — Son Xyong Min va Xarri Keyn jarohatini davolash bilan band.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252