FIFA JCh o'yinlarida har bir taymda 3 daqiqalik tanaffus beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7260

Kelayotgan yozda AQSh, Meksika va Kanada futbol bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mezbon mamlakatlardagi iqlim xususiyatlari (issiq havo) tufayli, har bir taym o'rtasida uch daqiqalik mini-tanaffus joriy etiladi. Ushbu tanaffus vaqtida futbolchilar suv ichishlari va biroz dam olishlari mumkin bo'ladi. Shu tariqa, FIFA sportchilarning salomatligini himoya qilishni maqsad qilgan.
The Athletic nashrining xabar berishicha, FIFA telekanallarga ushbu mini-tanaffuslar vaqtida translyatsiyani to'xtatib, reklama ko'rsatishga ruxsat beradi.
Jahon kubogini ushbu mundialda Argentina terma jamoasi himoya qiladi. JCh-2026 guruh bosqichida «albiseleste» Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
178