Beyl o'zi bilan birga o'ynagan eng texnikasi kuchli futbolchini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9658

«Real Madrid» va «Tottenxem» klublarining sobiq vingeri Garet Beyl o'zi birga o'ynagan eng texnik mahoratga ega futbolchi kimligi haqidagi savolga javob berdi.
«Menimcha, bu Isko. Katta maydonda unga biroz qiyinroq bo'lishi mumkin edi, lekin kichikroq maydonlardagi o'yinlarda u butkul boshqacha darajada edi. U men ko'rgan futbolchilar ichida Zidanga eng ko'p o'xshaydiganidir», — dedi Beyl The Overlap nashriga bergan intervyusida.
Isko 2013 yildan 2022 yilgacha «Real Madrid» sharafini himoya qilgan. U madridliklar safida barcha musobaqalarda jami 353 ta o'yin o'tkazib, 53 ta gol va 58 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2023 yildan buyon yarim himoyachi «Betis» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177