Liam Rosenor: «Garnacho shunchaki ajoyib o'ynadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosenor jamoa hujumchisi Alexandro Garnachoning «Aston Villa»ga qarshi o'yindagi harakatlariga yuqori baho berdi.
«Garnacho ajoyib o'yin ko'rsatdi. Men u bilan ko'p gaplashdim va «Villa»ga qarshi yaxshi o'ynashini bilardim, chunki u mashg'ulotlarda juda qattiq mehnat qilmoqda», — deya Rosenorning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Angliya Premer-ligasining 29-turidan o'rin olgan ushbu uchrashuv «Chelsi»ning 4:1 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi. Garnacho maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
21 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga oltita gol va to'rtta assist yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Bosh sahifaga
217