Rasman. A seriya o'yinlari to'xtatildi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 770
45
Italiyada koronavirus shiddat bilan tarqalib borayotgani sababli mamlakat hududidagi barcha sport marosimlari, jumladan, A seriya o'yinlari ham to'xtatildi. Bu haqda Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte e'lon qildi.
«Bizda boshqa vaqt yo'q. Raqamlar kasallar soni keskin oshib borayotganidan, o'lim holati ko'payib borayotganidan so'zlamoqda. Italiya manfaati uchun nimanidir qurbon qilishimiz kerak. Mana nima uchun biz keskin qarorlar qabul qilyapmiz. A seriya va barcha sport tadbirlari to'xtaladi. Muxlislar buni qabul qilishlari kerak», – dedi premer-ministr.
Ushbu chora xalqaro musobaqalar, xususan, evrokuboklarga qay darajada taalluqli bo'ladi, hozircha aniq emas.
Italiyada koronavirusga chalinganlar soni o'n mingga yaqinlashgan bo'lsa, vafot etganlar soni 500ga yaqinlashib qoldi.

Bosh sahifaga
251