APLning eng tezkor o'yinchisi La Liga grandlari nishonida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Londonning «Tottenxem» klubi sharafini himoya qilayotgan niderlandiyalik himoyachi Mikki van de Ven Ispaniya chempionati top-klublarining qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
Transfernewslive sahifalarida xabar berilishicha, Kataloniyaning «Barselona» va Madridning «Real» klublari futbolchini o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.
Van de Venning o'zi esa «shporlar» bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashdan bosh tortdi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. 24 yoshli niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 26 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
229