«Milan» frantsiyalik yarim himoyachi uchun kamida 30 million evro so'raydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

Yozgi transfer oynasida «Milan» yarim himoyachisi Yussuf Fofana jamoani tark etishi mumkin. Shu bilan birga, 27 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi arzonga tushmaydi — «rossonerilar» uning uchun kamida 30 million evro talab qiladi. Bu haqda jurnalist Daniele Longo xabar bermoqda.
Fofananing «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Yussuf «rossonerilar» safida jami 77 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga ikkita gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Hozirda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Massimiliano Allegri shogirdlari qo'shnisi «Inter»dan o'n ochkoga ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212