Kefren Tyuram APLga yo'l olishi mumkin: «MYu» va «Liverpul» kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

«Yuventus» yarim himoyachisi Kefren Tyuram faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashrining xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda. Angliyaning top-klublari 24 yoshli xavbek uchun 75 million evro to'lashga tayyor.
Kefren Tyuram 2024 yilda «Nitstsa»dan «Yuventus»ga 20 million evro evaziga o'tgan edi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «Yuventus» safida barcha musobaqalarda 35 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Tyuramning bozor qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
218