Kerrik mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2875

«Manchester Yunayted» Premer-liga doirasida kechgan bahsda «Nyukasl»dan mag'lubiyatga uchradi (1:2).
«Qarg'alar» butun ikkinchi bo'limni bir kishi kam bo'lib o'tkazganlariga qaramay, uchrashuv yakunida Uilyam Osulaning goli evaziga g'alabani ilib ketishdi.
«Biz o'z o'yinimizdan qoniqmadik. Qiyin bo'lishini bilardik, ammo natijaga erishishga kuchimiz etardi. Bu katta mag'lubiyat.
Gap xarakterda yoki raqibning chetlatilishida emas — bizga shunchaki sifat etishmadi, etarlicha yaxshi harakat qilmadik. «Nyukasl» haqqoniy g'alaba qozondi. Buni aytish men uchun og'riqli bo'lsa-da, lekin haqiqat shu», — dedi «qizil iblislar» ustozi Maykl Karrik jurnalistlar bilan suhbatda. Bu mag'lubiyat uning klubga qaytganidan keyingi ilk o'yini edi.
Mag'lubiyatga qaramay, «MYu» turnir jadvalida hamon uchinchi pog'onani egallab turibdi.

Bosh sahifaga
221