Allegri «Real» haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

Italiya matbuotida Massimiliano Allegri «Milan» boshqaruvidagi atigi bir mavsumdan so'ng Madridning «Real» klubi yangi murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq murabbiyning o'zi bunday xabarlarni inkor etib, «Milan»da baxtli ekanini ta'kidlamoqda.
«Biz klub bilan to'liq uyg'unlikda ishlayapmiz. Men «Milan» farovonligi yo'lida mehnat qilishni istayman va bu klubga qaytganimdan juda mamnunman. Biz yangi tsiklni ajoyib tarzda boshladik», — deya Allegrining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it sayti.
Eslatib o'tamiz, Massimiliano Allegri ilgari Turinning «Yuventus» klubini boshqargan. Ayni damda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204