«Barsa»ning hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin bo'lgan yangi variant nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 533

«Xoffenxaym» markaziy hujumchisi Fisnik Asllani faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» Kosovo terma jamoasining 23 yoshli hujumchisiga qiziqish bildirishmoqda. Ta'kidlanishicha, boshqa Evropa klublari ham Asllanini kuzatib borishmoqda, biroq futbolchining o'zi aynan «Barselona»ga o'tishni orzu qiladi. O'yinchining shartnomasida 30 million evro miqdorida tovon puli belgilangani alohida qayd etilgan.
Joriy mavsumda Asllani barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 25 ta o'yinda ishtirok etdi, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Asllanining «Xoffenxaym» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
218