Ronaldino jiddiy jarohat olgan Rodrigoga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Mashhur braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldino xochsimon bog'lamlaridan jarohat olgan vatandoshi Rodrigoni qo'llab-quvvatladi.
Madridning «Real» klubi hujumchisi joriy mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi, shuningdek, u Braziliya terma jamoasi safida JCh-2026da ham ishtirok eta olmaydi.
«Senga to'liq sog'ayib qaytishingni tilayman, birodar», — deb yozdi Ronaldino ijtimoiy tarmoqlarda «qaymoqranglilar»ning 25 yoshli hujumchisi bilan tushgan suratini ilova qilgan holda.
Rodrigoning maydonga qaytishi kuz fasliga rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Ronaldino ko'proq «PSJ», «Barselona» va «Milan»dagi o'yinlari bilan mashhur. U 2015 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220