Porro: "Doimiy rivojlanishga e'tibor qaratyapman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387

"Tottenxem"ning o'ng qanot himoyachisi Pedro Porro "Real Madrid"ga o'tishi haqidagi savolga javob berdi.
Ispaniyalik futbolchi "shporlar"ning etakchi futbolchilaridan biriga aylandi. 26 yoshli futbolchiga top klublar tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqidagi mish-mishlar vaqti-vaqti bilan matbuotda paydo bo'ladi.
"Real Madrid"mi? Bolaligimda katta orzular qilganman.
Hozir men o'zimga va doimiy rivojlanishga e'tibor qaratyapman.
Dunyoning eng yaxshi jamoalarida o'ynash uchun ko'p sohalarda muvaffaqiyat qozonishingiz kerak. Menimcha, hali ishlashim kerak. Kelajakda nima bo'lishini ko'ramiz", - deya Porroning so'zlarini keltiradi El Larguero.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189