Boks. Bugun 6 nafar sportchimiz yarim final jangini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 508

Bugun, 10 mart kuni 6 nafar bokschimiz litsenzion musobaqa yarim finalida jang qiladi:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Titisan Panmot (Tailand) (15:15dan so'ng)
-63 kg: Elnur Abduraimov - Chinzorig Baatarsuh (Mo'g'uliston) (15:45dan so'ng)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Husseyn Iashash (Iordaniya) (16:00dan so'ng)
-91 kg: Sanjar Tursunov - David Nika (Yangi Zelandiya) (16:45dan so'ng)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Serik Temirjanov (Qozog'iston) (21:30dan so'ng)
+91 kg Bahodir Jalolov - Kumar Satish (Hindiston) (23:00dan so'ng)
Qayd etish lozimki, yuqoridagi barcha bokschilarimiz Tokio Olimpiadasi litsenziyasini naqd qilib qo'yishgan. Navbatdagi g'alabalar esa ularning reytingini yaxshilashga xizmat qiladi.
Ayollar terma jamoamiz a'zosi Tursunoy Rahimova 11 mart kuni tailandlik raqibasiga qarshi jang qiladi. O'sha jangdagi g'alaba bokschimiz uchun Tokio Olimpiadasi litsenziyasini taqdim etadi.
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Bosh sahifaga
239