"Real" futbolchilarning og'ir jarohat olishi sabablarini o'rganmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218
«Real» so'nggi yillarda futbolchilarining og'ir jarohat olishi ortida shunchaki tasodifdan ko'ra muhimroq sabab bor-yo'qligini aniqlamoqda.
El Mundo nashrining qayd etishicha, 2023 yilning avgust oyidan boshlab jamoada xochsimon bog'lamlarning yirtilishi bilan bog'liq ettita holat qayd etilgan: Tibo Kurtua, Eder Militao (ikki marta), Dani Karvaxal, Xoan Martines, David Alaba va Rodrigo shunday jarohat olishgan.
E'tiborli jihati shundaki, ushbu jarohatlarning barchasi yo «Santyago Bernabeu» stadionida, yoki klub bazasida yuz bergan. Shu munosabat bilan rahbariyat surishtiruv ishlarini boshladi. «Real» bu erda biror-bir bog'liqlik bor-yo'qligini bilmoqchi.
Shuningdek, ayni paytda tibbiy shtab ishi va futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga ham katta e'tibor qaratilmoqda.

Bosh sahifaga
243