Top-klublar UEFAga taklif bilan chiqishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

Evropaning top-klublari Chempionlar ligasi uchun qaydnomani 28 nafar futbolchigacha kengaytirishga erishmoqchi.
The Guardian nashrining xabar berishicha, tegishli taklif UEFAning klublar o'rtasidagi musobaqalar bo'yicha qo'mitasi yig'ilishida yangragan. Bir qator top-klublarning hisoblashicha, qaydnomaning kengaytirilishi o'yinchilarning yuklamasini kamaytirishga, natijada jarohatlar sonini kamaytirishga va o'yinlarni yanada raqobatbardosh qilishga imkon beradi.
Qayd etilishicha, kengashda ishtirok etgan 16 ta klubdan ayrimlari bunday o'zgarishlarga qat'iyan qarshi chiqqan. Ularning fikricha, qaydnomaning kengaytirilishi iqtidorli futbolchilarning top-klublarga oqib o'tishiga sabab bo'ladi va yakunda Evropa futbolidagi raqobatga zarar etkazib, "kuchli beshlik"dan tashqaridagi ligalar daromadiga zarba beradi.
Muhokama natijasida ushbu masala bo'yicha hech qanday qaror qabul qilinmadi, biroq kelajakda ehtimoliy islohot borasidagi muzokaralar davom ettirilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, ayni damda klublar Chempionlar ligasi uchun 25 nafardan ko'p bo'lmagan futbolchini qaydnomadan o'tkazishlari mumkin.

Bosh sahifaga
227