Saka "Arsenal"dagi 300-o'yinini gol bilan nishonladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

Bukayo Saka "Arsenal" safidagi 300-uchrashuvida gol urdi.
Vinger APLning 29-turi doirasida "Brayton"ga qarshi kechgan bahsda "to'pchilar"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 9-daqiqadayoq raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Saka "Arsenal" tarkibida 300 ta o'yin o'tkazish ko'rsatkichiga 24 yosh va 180 kunligida erishdi. Tarixda faqat Liem Breydi (24 yosh 73 kun), Fransesk Fabregas (23 yosh 341 kun) va Devid O’Liri (23 yosh 315 kun) bu natijani undan ham yoshroq vaqtida qayd etishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233