"Milan" o'z yulduzi uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 262

"Milan" Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda.
Portugaliyalik vingerning "rossonerilar" bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha mo'ljallangan. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, klub shartnoma muddatini 2030 yilgacha uzaytirish niyatida. "Milan" allaqachon futbolchining oila a'zolari, agentlari va huquqshunoslari bilan bog'langan. Yaqin vaqt ichida navbatdagi muzokaralar bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Hozirda Leau mavsumiga taxminan 5,5 mln evro maosh olmoqda. Yangi kelishuv imzolangan taqdirda, futbolchining ish haqi katta ehtimol bilan oshiriladi.
A Seriya joriy mavsumida Rafael 20 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289