Kerrikning "MYu"dagi mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

"Manchester Yunayted" yangi murabbiy qo'l ostida ilk bor mag'lubiyatga uchradi.
Maykl Kerrik jamoasi APLning 29-turida "Nyukasl"ga imkoniyatni boy berdi (1:2). E'tiborlisi, "MYu" butun ikkinchi bo'lim davomida maydonda bir kishi ko'p bo'lib harakat qildi, biroq 90-daqiqada gol o'tkazib yubordi.
"Mankunianlar"ning sobiq yarim himoyachisi yanvar oyi o'rtalarida bosh murabbiy lavozimini egallagan edi. Uning boshqaruvida "MYu" shu kungacha oltita g'alaba va bir durang qayd etgandi.
15 mart kuni "Yunayted" "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242