"Negreyra ishi": Sud "Barselona"ga qarshi tergov muddatini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Sud "Negreyra ishi"ni ko'rib chiqish muddatini uzaytirdi.
2023 yilda "Barselona" klubi va uning rahbariyatiga nisbatan Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) huzuridagi Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to'langan to'lovlar bo'yicha pora berish ayblovi qo'yilgan edi. Sud "Barselona" tomonidan 2001 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda Negreyraga bir necha million evro miqdorida mablag' o'tkazib berilganini jinoyat deb hisoblagan.
Sudya ushbu ish bo'yicha tergov jarayonini yana olti oyga — sentyabr oyigacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278