Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»ning APL tarixidagi rekordiga yaqinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 824

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Premer-liganing 29-turida «Nyukasl Yunayted»ga qarshi o'yinda (1:2) golli uzatma amalga oshirdi va ushbu ko'rsatkich bo'yicha klub tarixidan o'rin oldi.
Opta Sports telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, ushbu assist portugaliyalik futbolchi uchun joriy APL mavsumidagi 14-golli uzatma bo'ldi. «Qizil iblislar» safida Premer-liga bir mavsumida bundan ko'proq assistni faqat Devid Bekxem amalga oshirgan — u 1999/2000 yilgi mavsumda 15 ta golli uzatma qayd etgan.
Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 15 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
241