Xyurtseler «Arsenal»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hakamlarni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226

Angliya chempionatining 29-turidan o'rin olgan «Arsenal»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan (0:1) so'ng, «Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurtseler hakamlar brigadasi ishiga baho berdi.
«Haqiqatan ham yaxshi o'yin bo'ldi. Biz penalti tepish huquqini qo'lga kiritishimiz mumkin edi, ammo bu qarorga rozi bo'lishga majburmiz. Hakam esa boshqa vaziyatlarni umumiy nazorat qilishda yaxshiroq ishlashi kerak edi. Vaqt cho'zishlar uchun ko'proq sariq kartochkalar berilishi lozim. «Arsenal» darvozaboni uch marta maydonga yiqildi», — dedi murabbiy TNT Sports efirida.
Ushbu g'alabadan so'ng «Arsenal» 67 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Brayton» esa 37 ochko bilan 12-pog'onada bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258